Xorijiy atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha jamoatchilik yuborgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqildi. Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham qabul qilishi va koʻrib chiqishini bildirgan.
Quyida takliflar jadvali taqdim etilgan. Siz ham taklifingizni bildirishingiz mumkin.
Yangi soʻz va iboralar
|
T/r |
Soʻz va atama |
Soʻz va atama qoʻllanilgan manba (nomi, sanasi va raqami) |
Soʻz va atamaning izohi (qaysi tildan olingani) |
Soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar |
Rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha taklif |
Qaysi vazirlik (idora) tomonidan taklif qilingan |
|
1 |
Aysberg |
Dunyodagi eng katta aysberg joyidan siljidi (ijtimoiy tarmoqdan olindi). |
Aysberg (nemischa Eisbegr, “Muztog‘”) – okean va dengizlarda erkin suzib yuruvchi katta muz boʻlagi. |
Muztog‘ |
Muztog‘ |
Jamoatchilik taklifi |
|
2 |
Bruschatka |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2024-yildagi PQ-66-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2024-yildagi 353-son qarori. |
Bruschatka (ruscha “брус”) – qirrali, bir oʻlchamga ega, qattiq yoʻl toʻshamasi. |
Tosh yotqiziq, tosh toʻshama |
Yoʻlgʻisht |
Jamoatchilik taklifi |
|
3 |
Diskussiya |
Kelinglar, talabalar bir masalani diskussiya qilamiz (ijtimoiy tarmoqdan olindi). |
Diskussiya (lotincha “discussion”) – muhokama. Muammo yuzasidan erkin muhokamaga kirishish. |
tortishuv, tortishma |
Bahs, munozara |
Jamoatchilik taklifi |
|
4 |
Zona |
Oʻzbekiston Respublikasining 07.02.2025-yildagi Qonuni, OʻRQ-1025-son; “Urgut” iqtisodiy zonasida ishlar koʻlami kengaymoqda (ijtimoiy tarmoqdan olindi). |
Zona (lotincha/yunoncha) – mintaqa, chiziqlar bilan belgilangan chegara joylar. |
Tegra |
Hudud |
Jamoatchilik taklifi |
|
5 |
Instrument |
Sohaviy hujjatlarda qoʻllanadi |
Instrument (lotincha “instrumentum”) – qurol, uskuna, asbob. |
Ish qurol, qurol |
Ish quroli |
Jamoatchilik taklifi |
|
6 |
Intensiv |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 26.12.2024-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3467-2. |
Intensiv (lotincha “intensio”) – kuch bilan, muntazam. |
Qizgʻin, unumli |
Jadal |
Jamoatchilik taklifi |
|
7 |
Kamera |
Yurak anatomik jihatdan 4 kameradan tuzilgan (ijtimoiy tarmoqdan olindi). |
Kamera (lotincha “camera”) yopiq joy, maxsus xona. |
Boʻlma |
Boʻlma |
Jamoatchilik taklifi |
|
8 |
Konstruksiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi |
Konstruksiya (lotincha “constructio”) – tartib, bir biriga mos taraflama yigʻilgan uskuna/qurilma. |
Qurilish, qurilma |
Tuzilma |
Jamoatchilik taklifi |
|
9 |
Koordinator |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 800-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi 652-son qarori. |
Koordinator (ruscha, inglizcha) – bir ish boshqaruvchisi. |
Yoʻnaltiruvchi, boshqaruvchi |
Muvofiqlashtiruvchi |
Jamoatchilik taklifi |
|
10 |
Koridor |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 01.02.2024-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3494; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 12.12.2023-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3483. |
Koridor (italyancha “corridore” keyinchalik lotincha “currere”) – yugurmoq. |
Yoʻlak |
Yoʻlak |
Jamoatchilik taklifi |
|
11 |
Lider |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024-yildagi 365-son qarori. |
Lider (inglizcha “leader”) – birinchi, birinchi yuruvchi. |
Yoʻlboshchi, yetakchi |
Yoʻlboshchi, yetakchi |
Jamoatchilik taklifi |
|
12 |
Marshrut |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2023-yildagi 277-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2021-yildagi 235-son qarori. |
Marshrut (nemischa “Marschroute”) – yoʻl. |
Yoʻnalish |
Yoʻnalish |
Jamoatchilik taklifi |
|
13 |
Progress, progressiv |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2024-yildagi PQ-467-son qarori |
Progress, progressiv (lotincha “progressus”) – muvaffaqiyat, ilgari yurmoq/boʻlmoq. |
Ilgʻor, ilgʻorlik |
Ilgʻor, rivojlanish |
Jamoatchilik taklifi |
|
14 |
Dostavka |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022-yildagi |
Dostavka (ruscha) – xaridorlarga sotib olingan tovarlarni yetkazish. |
Eltish, yetkazish |
Yetkazish |
Jamoatchilik taklifi |
|
15 |
Probeg |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2022-yildagi 660-son qarori. |
Probeg (ruscha) – yugurish. |
Yurim |
Yurim |
Jamoatchilik taklifi |
|
16 |
Set (ovqatlar seti boʻyicha) |
“Yaponamama” sushi setlarini tanlang (Ijtimoiy tarmoqdan olindi) |
Set (inglizcha “set”) – seriya, toʻplam, bir qator. |
Toʻplam |
Toʻplam |
Jamoatchilik taklifi |
|
17 |
Oprava |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 28.07.2017-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2905. |
Oprava (ruscha) – biron narsani joylash mumkin boʻlgan narsa-buyum. Masalan koʻzoynak oynasini joylash mumkin boʻlgan narsa. |
Koʻzlik |
Koʻzoynak bandi |
Jamoatchilik taklifi |
|
18 |
Polik |
Yevropa “Evakor” poligining hamma turi bizda bor (Ijtimoiy tarmoqdan olindi) |
Polik (ruscha “полик”) – kichik gilam, avtomobil gilamchasi. |
Toʻshama |
Toʻshama |
Jamoatchilik taklifi |
|
19 |
Balansirovka |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 11.11.2015-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2726; Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 09.12.2011-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2288 |
Balansirovka (fransuzcha balance “torozi”) – sohalar boʻyicha koʻp maʼnoli. |
Tenglashtirish |
Muvozanatlashti-rish |
Jamoatchilik taklifi |
|
20 |
Vnedorojnik |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.2020-yildagi PQ-4794-son qarori, |
Vnedorojnik (ruscha) – qiyin sharoitlarga chidamli avtoulov. |
Yoʻltanlamas |
Yoʻltanlamas |
Jamoatchilik taklifi |
|
21 |
Chelenj |
Tez kunda ushbu taronaga chelenj eʼlon qilamiz (ijtimoiy tarmoqdan olindi). |
Chelenj (inglizcha challenge “chaqiriq”, “sinov”) – ijtimoiy tarmoqlarda biron voqea munosabati bilan uyushtirila-digan chorlov. |
Chorlov |
Chorlov |
Jamoatchilik taklifi |
|
22 |
Navigator |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2024 yildagi PQ-389-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.12.2023-yildagi 664-son qarori. |
Navigator (lotincha “navigator”) – yoʻlga qoʻymoq, yoʻllanma. |
Qoʻnim |
Yoʻllagich |
Jamoatchilik taklifi |
|
23 |
Selfi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi PQ-21-son qarori. |
Selfi (inglizcha “self”) – oʻzimni oʻzim rasmga olish/tushirish. |
Selfi |
Oʻzchekim |
Jamoatchilik taklifi |
|
24 |
Svetofor |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi 901-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 806-son qarori. |
Svetofor (yunoncha/ruscha) – nur taratuvchi, avtomobil harakati uchun belgi beruvchi. |
Yoʻlchiroq |
Yoʻlchiroq |
Jamoatchilik taklifi |
|
25 |
Ekspluatatsiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2025-yildagi 27-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi 10-son qarori. |
Ekspluatatsiya (fransuzcha “exploitation”) – foydalanish, boshqalarning mehnatini oʻzlashtirish. |
Foydalanish |
Foydalanish |
Jamoatchilik taklifi |
|
26 |
Aksiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2025-yildagi PQ-26-son qarori. |
Aksiya (lotincha “actio”) – davlat, partiya va ijtimoiy harakat. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalarni tashkil etish. |
Yalpi harakat |
Yalpi harakat |
Jamoatchilik taklifi |
|
27 |
Kuler |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2022-yildagi 733-son qarori |
Kuler (inglizcha “cooler”) – sovutish tizimi. |
Suvlik, suvluq, sovuq suv |
Suvlik |
Jamoatchilik taklifi |
|
28 |
Keshbek |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori |
Keshbek (inglizcha “cash back”) – maʼlum vaqtdan soʻng sarflangan pul qismini qaytarib berish. |
Qaytiq, qaytim |
Hadya-qaytim |
Jamoatchilik taklifi |
|
29 |
Poverbank |
Pover bank Toshkentda – tez, arzon va onlayn sotib oling (“OLX” eʼlonlaridan) |
Poverbank (inglizcha “power bank”) – tashqi telefon quvvatlagichi. |
Kuchlik, kuchluq, quvvatlik, quvvatsaqlagich |
Kuchlantirgich |
Jamoatchilik taklifi |
|
30 |
Karving |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2023-yildagi 340-son qarori |
Karving (inglizcha “carving”, nemischa “kerben”) – mevalar va sabzavotlarga kesma bezak berish sanʼati. |
Kesma bezak |
Meva bezakchiligi |
Jamoatchilik taklifi |