Xorijiy atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha jamoatchilik yuborgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqildi. Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni  ham qabul qilishi va koʻrib chiqishini bildirgan.

Quyida takliflar jadvali taqdim etilgan. Siz ham taklifingizni bildirishingiz mumkin.

Yangi soʻz va iboralar

T/r

Soʻz va atama

Soʻz va atama

qoʻllanilgan manba

(nomi, sanasi

va raqami)

Soʻz va atamaning izohi

(qaysi tildan olingani)

Soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar

Rasmiy  muomalaga

kiritish boʻyicha taklif

Qaysi vazirlik

(idora)

tomonidan taklif qilingan

1

Aysberg

Dunyodagi eng katta aysberg joyidan siljidi (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Aysberg (nemischa Eisbegr, “Muztog‘”) – okean va dengizlarda erkin suzib yuruvchi katta muz boʻlagi.

Muztog‘

Muztog‘

Jamoatchilik taklifi

2

Bruschatka

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2024-yildagi PQ-66-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2024-yildagi 353-son qarori.

Bruschatka (ruscha “брус”) – qirrali, bir oʻlchamga ega, qattiq yoʻl toʻshamasi.

Tosh yotqiziq, tosh toʻshama

Yoʻlgʻisht

Jamoatchilik taklifi

3

Diskussiya

Kelinglar, talabalar bir masalani diskussiya qilamiz (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Diskussiya (lotincha “discussion”) – muhokama. Muammo yuzasidan erkin muhokamaga kirishish.

tortishuv, tortishma

Bahs, munozara

Jamoatchilik taklifi

4

Zona

Oʻzbekiston Respublikasining 07.02.2025-yildagi Qonuni, OʻRQ-1025-son; “Urgut” iqtisodiy zonasida ishlar koʻlami kengaymoqda (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Zona (lotincha/yunoncha) – mintaqa, chiziqlar bilan belgilangan chegara joylar.

Tegra

Hudud

Jamoatchilik taklifi

5

Instrument

Sohaviy hujjatlarda qoʻllanadi

Instrument (lotincha “instrumentum”) – qurol, uskuna, asbob.

Ish qurol, qurol

Ish quroli

Jamoatchilik taklifi

6

Intensiv

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 26.12.2024-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3467-2.

Intensiv (lotincha “intensio”) – kuch bilan, muntazam. 

Qizgʻin, unumli

Jadal

Jamoatchilik taklifi

7

Kamera

Yurak anatomik jihatdan 4 kameradan tuzilgan (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Kamera (lotincha “camera”) yopiq joy, maxsus xona.

Boʻlma

Boʻlma

Jamoatchilik taklifi

8

Konstruksiya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi
10-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2025-yildagi 2-son qarori.

Konstruksiya (lotincha “constructio”) – tartib, bir biriga mos taraflama yigʻilgan uskuna/qurilma.

Qurilish, qurilma

Tuzilma

Jamoatchilik taklifi

9

Koordinator

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 800-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi 652-son qarori.

Koordinator (ruscha, inglizcha) – bir ish boshqaruvchisi.

Yoʻnaltiruvchi, boshqaruvchi

Muvofiqlashtiruvchi

Jamoatchilik taklifi

10

Koridor

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 01.02.2024-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3494;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 12.12.2023-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 3483.

Koridor (italyancha “corridore” keyinchalik lotincha “currere”) – yugurmoq.

Yoʻlak

Yoʻlak

Jamoatchilik     taklifi

11

Lider

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024-yildagi 365-son qarori.

Lider (inglizcha “leader”) – birinchi, birinchi yuruvchi.

Yoʻlboshchi, yetakchi

Yoʻlboshchi, yetakchi

Jamoatchilik taklifi

12

Marshrut

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2023-yildagi 277-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2021-yildagi 235-son qarori.

Marshrut (nemischa “Marschroute”) – yoʻl.

Yoʻnalish

Yoʻnalish

Jamoatchilik taklifi

13

Progress, progressiv

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2024-yildagi PQ-467-son qarori

Progress, progressiv (lotincha “progressus”) – muvaffaqiyat, ilgari yurmoq/boʻlmoq.

Ilgʻor, ilgʻorlik

Ilgʻor, rivojlanish

Jamoatchilik taklifi

14

Dostavka

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022-yildagi
566-son qarori
.

Dostavka (ruscha) – xaridorlarga sotib olingan tovarlarni yetkazish.

Eltish, yetkazish

Yetkazish

Jamoatchilik taklifi

15

Probeg

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2022-yildagi 660-son qarori.

Probeg (ruscha) – yugurish.

Yurim

Yurim

Jamoatchilik taklifi

16

Set (ovqatlar seti boʻyicha)

“Yaponamama” sushi setlarini tanlang (Ijtimoiy tarmoqdan olindi)

Set (inglizcha “set”) – seriya, toʻplam, bir qator.

Toʻplam

Toʻplam

Jamoatchilik taklifi

17

Oprava

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 28.07.2017-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2905.

Oprava (ruscha) – biron narsani joylash mumkin boʻlgan narsa-buyum. Masalan koʻzoynak oynasini joylash mumkin boʻlgan narsa.

Koʻzlik

Koʻzoynak bandi

Jamoatchilik taklifi

18

Polik

Yevropa “Evakor” poligining hamma turi bizda bor (Ijtimoiy tarmoqdan olindi)

Polik (ruscha “полик”) – kichik gilam, avtomobil gilamchasi.

Toʻshama

Toʻshama

Jamoatchilik taklifi

19

Balansirovka

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 11.11.2015-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2726;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 09.12.2011-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2288

Balansirovka (fransuzcha balance “torozi”) – sohalar boʻyicha koʻp maʼnoli.

Tenglashtirish

Muvozanatlashti-rish

Jamoatchilik taklifi

20

Vnedorojnik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.2020-yildagi PQ-4794-son qarori,

Vnedorojnik (ruscha) – qiyin sharoitlarga chidamli avtoulov.

Yoʻltanlamas

Yoʻltanlamas

Jamoatchilik taklifi

21

Chelenj

Tez kunda ushbu taronaga chelenj eʼlon qilamiz (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Chelenj (inglizcha challenge “chaqiriq”, “sinov”) – ijtimoiy tarmoqlarda biron voqea munosabati bilan uyushtirila-digan chorlov.

Chorlov

Chorlov

Jamoatchilik taklifi

22

Navigator

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2024 yildagi PQ-389-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.12.2023-yildagi 664-son qarori.

Navigator (lotincha “navigator”) – yoʻlga qoʻymoq, yoʻllanma.

Qoʻnim

Yoʻllagich

Jamoatchilik taklifi

23

Selfi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi PQ-21-son qarori.

Selfi (inglizcha “self”) – oʻzimni oʻzim rasmga olish/tushirish.

Selfi

Oʻzchekim

Jamoatchilik taklifi

24

Svetofor

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi 901-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 806-son qarori.

Svetofor (yunoncha/ruscha) – nur taratuvchi, avtomobil harakati uchun belgi beruvchi.

Yoʻlchiroq

Yoʻlchiroq

Jamoatchilik taklifi

25

Ekspluatatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2025-yildagi 27-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi 10-son qarori.

Ekspluatatsiya (fransuzcha “exploitation”) – foydalanish, boshqalarning mehnatini oʻzlashtirish.

Foydalanish

Foydalanish

Jamoatchilik taklifi

26

Aksiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2025-yildagi PQ-26-son qarori.

Aksiya (lotincha “actio”) – davlat, partiya va ijtimoiy harakat. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalarni tashkil etish.

Yalpi harakat

Yalpi harakat

Jamoatchilik taklifi

27

Kuler

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2022-yildagi 733-son qarori

Kuler (inglizcha “cooler”) – sovutish tizimi.

Suvlik, suvluq, sovuq suv

Suvlik

Jamoatchilik taklifi

28

Keshbek

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori

Keshbek (inglizcha “cash back”) – maʼlum vaqtdan soʻng sarflangan pul qismini qaytarib berish.

Qaytiq, qaytim

Hadya-qaytim

Jamoatchilik taklifi

29

Poverbank

Pover bank Toshkentda – tez, arzon va onlayn sotib oling (“OLX” eʼlonlaridan)

Poverbank (inglizcha “power bank”) – tashqi telefon quvvatlagichi.

Kuchlik, kuchluq, quvvatlik, quvvatsaqlagich

Kuchlantirgich

Jamoatchilik taklifi

30

Karving

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2023-yildagi 340-son qarori

Karving (inglizcha “carving”, nemischa “kerben”) – mevalar va sabzavotlarga kesma bezak berish sanʼati.

Kesma bezak

Meva bezakchiligi

Jamoatchilik taklifi