YANGI NAŞR: YAPON TARBIYASI SIRLARI
Tarbiya qanday qilib kundalik odatga, odat esa inson xarakteriga aylanadi? Yapon xalqining taraqqiyotida intizom, masʼuliyat va mehnatsevarlik qanday örin tutadi? Bu tajribalarni özbek milliy qadriyatlari bilan uyğunlaştiriş mumkinmi?
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan ana şu savollarga ilmiy va amaliy javob izlovçi “Yapon tarbiyasi sirlari” nomli yangi kitob tayyorlandi va naşr etildi.
Kitob 2024–2026-yillarda olib borilgan tizimli tadqiqotlar asosida yaratilgan, 62 bobdan iborat mazkur asar yapon tarbiya metodikasining çuqur mexanizmlarini örganiş va uning samarali jihatlarini özbek milliy-maʼnaviy tarbiya tizimiga uyğunlaştirişga bağişlangan.
Uning öziga xosligi şundaki, unda ikki xalqning tarbiya tajribasi şunçaki taqqoslanmaydi, balki bir-birini boyitadigan yaxlit pedagogik model sifatida talqin etiladi.
Yapon xalqiga xos intizom, masʼuliyat, ozodalik, jamoaviylik va mehnatsevarlik fazilatlari özbek milliy tarbiyasining mehr-oqibat, andişa, insonparvarlik, ezgulik va Vatanga sadoqat qadriyatlari bilan uyğunlaştiriladi.
Asarning eng muhim ğoyasi — vatanparvarlikni balandparvoz şiorlardan kundalik hayot tarziga aylantirişdir. Zero, Vatanga muhabbat faqat sözda emas, balki atrof-muhitga eʼtibor, halol mehnat, vaʼdaga vafo, tartib-intizom va jamiyat oldidagi masʼuliyatda namoyon böladi.
Kitobning har bir bobida nazariy tuşunçalar bilan bir qatorda amaliy tarbiya modellari, samaradorlikni baholaş mezonlari (KPI), mustaqil fikrlaşga undovçi savollar hamda mavzuni obrazli oçib beruvçi illyustratsiyalar taqdim etilgan.
“Yapon tarbiyasi sirlari” pedagoglar, tarbiyaçilar, taʼlim muassasalari rahbarlari, ota-onalar, talabalar, tadqiqotçilar va maʼnaviy-maʼrifiy soha mutaxassislari uçun nafaqat ilmiy manba, balki kundalik faoliyatda foydalaniladigan amaliy qöllanma sifatida ham ahamiyatlidir.
Mazkur naşr milliy tarbiya tizimini zamonaviy pedagogik yondaşuvlar bilan boyitiş, yoş avlodda mustahkam xarakter, içki intizom, mehnatsevarlik va yuksak fuqarolik masʼuliyatini şakllantirişga qaratilgan ilmiy-amaliy izlanish sifatida eʼtiborga molik.