YANGI OʻZBEKISTON — MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI
Bugun barcha umumtaʼlim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi oʻquv yili boshlandi. Maktablarda “Birinchi qoʻngʻiroq” sadosi yangradi.
Bugun 795 ming nafardan ortiq birinchi sinf oʻquvchisi maktab ostonasiga qadam qoʻydi. Yuqori sinf oʻquvchilari esa yangi maqsad va katta marralar bilan yangi oʻquv yilini boshladi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov Olmazor tumanidagi 243-maktabda boʻlib ushbu quvonchli, hayajonli lahzalarga guvoh boʻldi. Oʻquvchilar va ustoz-murabbiylarga ezgu tilaklar bildirdi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maktab oʻquvchilari va ustozlarga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.
Bugun taʼlim — faqat bilim berish tizimi emas. U millatning intellektual kapitali, davlatning strategik resursi va kelajak taraqqiyotining asosiy poydevoridir.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”. Darhaqiqat, Uchinchi Renessansning poydevori bugun zamonaviy maktablarda, bilimga chanqoq yoshlar qalbi va tafakkurida bunyod etilmoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram