YANGI O‘ZBEKISTON — MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI
Bugun barcha umumta’lim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi o‘quv yili boshlandi. Maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadosi yangradi.
Bugun 795 ming nafardan ortiq birinchi sinf o‘quvchisi maktab ostonasiga qadam qo‘ydi. Yuqori sinf o‘quvchilari esa yangi maqsad va katta marralar bilan yangi o‘quv yilini boshladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov Olmazor tumanidagi 243-maktabda bo‘lib ushbu quvonchli, hayajonli lahzalarga guvoh bo‘ldi. O‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga ezgu tilaklar bildirdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab o‘quvchilari va ustozlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Bugun ta’lim — faqat bilim berish tizimi emas. U millatning intellektual kapitali, davlatning strategik resursi va kelajak taraqqiyotining asosiy poydevoridir.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”. Darhaqiqat, Uchinchi Renessansning poydevori bugun zamonaviy maktablarda, bilimga chanqoq yoshlar qalbi va tafakkurida bunyod etilmoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram