Yangi O‘zbekiston shukronaligi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida ana shu yuksak tuyg‘ularni o‘zida mujassam etgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy loyiha — “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” badiiy-publitsistik asarlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mahallalarda keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan imzolangan Memorandum doirasida amalga oshirilgan mazkur loyiha doirasida mamlakatimizning 208 ta tuman va shahri hamda 14 ta hududi kesimida tayyorlangan asarlarda yurtimizning kechasi va buguni, tarixiy xotirasi va zamonaviy qiyofasi, insonlar hayotidagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik va yangilanishlar ta’sirchan matn va tasvirlar orqali ifoda etildi.
Hududlar tarixi — insonlar taqdiri, bugun — o‘zgarishlar ko‘zgusida
“Yangi O‘zbekiston shukronaligi” asarlarining har biri muayyan hududning o‘ziga xos qiyofasini ochib beradi. Ularda so‘nggi 10 yil davomida amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan bir qatorda, hududning boy tarixi, betakror tabiati, qadimiy obidalari va muqaddas qadamjolari, turizm salohiyati, investitsion jozibasi yorqin aks etgan.
Har bir asarning bosh va eng muhim qahramoni — inson.
Uning orzu-intilishlari, hayotidagi o‘zgarishlar, mahalla va qishloqlardagi yangilanishlar, yaratilgan imkoniyatlar va ertangi kunga ishonch — loyihaning asosiy g‘oyasini tashkil etadi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan fotoko‘rgazma kitoblar taqdimotining uzviy davomi sifatida “Yangi O‘zbekiston”ning bugungi qiyofasini yana bir bor namoyon etdi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram