Yangi Oʻzbekiston shukronaligi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida ana shu yuksak tuygʻularni oʻzida mujassam etgan ulkan maʼnaviy-maʼrifiy loyiha — “Yangi Oʻzbekiston shukronaligi” badiiy-publitsistik asarlari yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mahallalarda keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan imzolangan Memorandum doirasida amalga oshirilgan mazkur loyiha doirasida mamlakatimizning 208 ta tuman va shahri hamda 14 ta hududi kesimida tayyorlangan asarlarda yurtimizning kechasi va buguni, tarixiy xotirasi va zamonaviy qiyofasi, insonlar hayotidagi oʻzgarishlar, bunyodkorlik va yangilanishlar taʼsirchan matn va tasvirlar orqali ifoda etildi.
Hududlar tarixi — insonlar taqdiri, bugun — oʻzgarishlar koʻzgusida
“Yangi Oʻzbekiston shukronaligi” asarlarining har biri muayyan hududning oʻziga xos qiyofasini ochib beradi. Ularda soʻnggi 10 yil davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar bilan bir qatorda, hududning boy tarixi, betakror tabiati, qadimiy obidalari va muqaddas qadamjolari, turizm salohiyati, investitsion jozibasi yorqin aks etgan.
Har bir asarning bosh va eng muhim qahramoni — inson.
Uning orzu-intilishlari, hayotidagi oʻzgarishlar, mahalla va qishloqlardagi yangilanishlar, yaratilgan imkoniyatlar va ertangi kunga ishonch — loyihaning asosiy gʻoyasini tashkil etadi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan fotokoʻrgazma kitoblar taqdimotining uzviy davomi sifatida “Yangi Oʻzbekiston”ning bugungi qiyofasini yana bir bor namoyon etdi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram