Yangi Oʻzbekiston - xalqimizning ezgu orzulari roʻyobga chiqayotgan Vatan
… Chorak asr davomida toʻqib chiqarilgan sunʼiy cheklovlar, odamlarni yillab qiynagan muammolar bugun ortda qoldi. Poytaxtda yashab mehnat qilish yoki taʼlim olish uchun «doimiy roʻyxat» qidirib sarson boʻlingan, diplom qoʻlda boʻlaturib maʼmuriy toʻsiqlar sababli mutaxassisligi boʻyicha ishlay olmagan yoshlarning armoni hali xotiramizdan oʻchgani yoʻq.
Plastik kartadagi pulni naqdlashtirish ilinjida sarson kezgan, kommunal toʻlovlar uchun turnaqator navbatlarda asablar toʻzigan, kvotalarning cheklangani tufayli minglab iqtidorlarning yoʻli toʻsilgan kunlar tarix sahifalariga muhrlandi. Muqaddas qadamjolar va ziyorat saodatidan mahrum etilgan, ajdodlar merosiga faqat muzey eksponati sifatida qaralgan davrlarga butunlay chek qoʻyildi.
Nigora Husanova - Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi
UzA
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram