Yangi O‘zbekiston - xalqimizning ezgu orzulari ro‘yobga chiqayotgan Vatan

… Chorak asr davomida to‘qib chiqarilgan sun’iy cheklovlar, odamlarni yillab qiynagan muammolar bugun ortda qoldi. Poytaxtda yashab mehnat qilish yoki ta’lim olish uchun «doimiy ro‘yxat» qidirib sarson bo‘lingan, diplom qo‘lda bo‘laturib ma’muriy to‘siqlar sababli mutaxassisligi bo‘yicha ishlay olmagan yoshlarning armoni hali xotiramizdan o‘chgani yo‘q.

Plastik kartadagi pulni naqdlashtirish ilinjida sarson kezgan, kommunal to‘lovlar uchun turnaqator navbatlarda asablar to‘zigan, kvotalarning cheklangani tufayli minglab iqtidorlarning yo‘li to‘silgan kunlar tarix sahifalariga muhrlandi. Muqaddas qadamjolar va ziyorat saodatidan mahrum etilgan, ajdodlar merosiga faqat muzey eksponati sifatida qaralgan davrlarga butunlay chek qo‘yildi.

Nigora Husanova - Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi

UzA

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram