Yirik loyihalar — iqtisodiyot o‘sishining yangi drayverlari

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishga katta turtki beradigan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jizzaxdagi atom elektr stansiyasi, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” avtomobil yo‘llari shular jumlasidan.

Bu yil qiymati 27 milliard dollarlik 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Hududlarda 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda va mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi.

Transport-logistika infratuzilmasi ham kengayadi. Poti portida yangi logistika markazi ishga tushiriladi, qator hududlarda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi.

Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi va “Enterprise Uzbekistan” ishga tushib, 20–25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etishga xizmat qiladi.

Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi.