📖 Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa muhitini kengaytirish va kitobga mehrni yanada oshirish yo‘lida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.
📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Buxoro davlat pedagogika institutiga 150 ta badiiy adabiyot taqdim etildi.
💡 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi, Mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruhning Institutga tashrifi davomida talaba Hoshimova Mohinur tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surilgan bo‘lib, ular ishchi guruh tomonidan yuksak baholanib, qo‘llab-quvvatlangan edi.
📚 Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy tafakkurni boyitishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram