📖 Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa muhitini kengaytirish va kitobga mehrni yanada oshirish yoʻlida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.

📚 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Buxoro davlat pedagogika institutiga 150 ta badiiy adabiyot taqdim etildi.

💡 Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi, Mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruhning Institutga tashrifi davomida talaba Hoshimova Mohinur tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surilgan boʻlib, ular ishchi guruh tomonidan yuksak baholanib, qoʻllab-quvvatlangan edi.

📚 Ushbu tashabbus yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va maʼnaviy tafakkurni boyitishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram