1⃣ Ochiqlik tanlovi
“Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yoʻq. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. Oʻzbekiston oʻz yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻz tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”.
2⃣ Ochiqlik — zaiflik emas
Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida masʼuliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va oʻz kelajagini oʻzi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”.
3⃣ Davlat qudrati inson qadri bilan oʻlchanadi
“Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan oʻlchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”.
4⃣ BMTning oʻrni har qachongidan muhim
“Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolgʻiz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida toʻxtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining oʻrni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”.
5⃣ “BMT — 80” tashabbusi
“Oʻzbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qoʻshilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu masʼuliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”.
6⃣ Xalqaro huquq — umumiy qoida
“Oʻzbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzoligiga oʻz nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qoʻllab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab oʻzgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy boʻlmasa, adolat ham umumiy boʻlmaydi”.
7⃣ Markaziy Osiyodagi oʻzgarishlar
“Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila oʻzgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”.
9⃣ Afgʻonistonga yondashuv
“Afgʻonistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Koʻp millatli afgʻon xalqini muammolari bilan yolgʻiz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”.
9⃣ Islohotlar markazida inson
“Oʻzbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan oʻlchaymiz.
1⃣0⃣ Iqtisodiy oʻsish
Soʻnggi oʻn yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar oʻsdi. Kambagʻallik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambagʻallikdan chiqarildi”.