100 KITOB HAQIDA KITOB - O‘ZBEKISTONDA MUTOLAA MADANIYATINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQUVCHI MILLIY LOYIHA
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan «100 kitob haqida kitob» milliy ma’rifiy loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida turli soha vakillari ishtirokida keng jamoatchilik uchun 100 ta eng muhim asar saralanib, ular asosida yagona tahliliy-metodik qo‘llanma yaratildi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi kitobni shunchaki o‘qish emas, balki uni anglash, tahlil qilish, mustaqil xulosa chiqarish va amaliyotda qo‘llash madaniyatini shakllantirishdir.
Har bir asar bo‘yicha kitobning qisqacha mazmuni, asosiy g‘oyalari, o‘quvchiga beradigan ma’naviy saboqlari hamda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantiruvchi savollar tayyorlandi. Shu tariqa mutolaaning «o‘qish — anglash — tahlil qilish — xulosa chiqarish» modeli amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Loyihada Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
Ushbu qo‘llanma harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, davlat xizmatchilari, talaba-yoshlar, pedagoglar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, o‘z navbatida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
ELEKTRON SHAKLI
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram