Mutaxassislarning fikricha, inson 100 yoshga kirishi uchun quyidagi 9 shartga amal qilishi kerak ekan:
Yoshlik hissi
Londonlik olimlar aniqlashicha, aslidagidan koʻra oʻzini yosh tutuvchilar orasida oʻlim holatlari ancha kam kuzatilarkan. Bekorga aytishmaydi-ku yosh bu — shunchaki raqam.
Optimizm
Hayotingiz siz uni qanday tasavvur qilsangiz shunday shakllanadi. Dunyoga umid bilan qarang. Olimlar optimistlar orasida saraton, insult, yurak xastaliklar kam uchrashini aniqlashgan.
Meva-sabzavotlar
Sogʻlom ovqat uzoq umr garovi ekani isbot talab qilmas haqiqat. Kuniga kamida besh dona meva va sabzavot yeyishni unutmang.
Dengiz mahsulotlari
Baliqlar tarkibida koʻp uchrovchi omega-3 yog‘ kislotalari inson tani uchun juda ham zarur. Organizmda moddalar almashinuvida ularning oʻrni beqiyos. Oʻn olti yillik tadqiqotlar natijasi: yog‘ kislotalarini toʻyib isteʼmol qilganlar orasida yurak-qon tomir xastaliklari 35 foizga kamaygan.
Yaxshi uyqu
Gretsiyaning Ikariya orolida uzoq umr koʻruvchilar juda koʻp ekan. Ularning bir odati bor — kunduzgi uyqu (bizda ham bor). Balki ularning siri shundadir. Hatto kunduzgi yarim soatlik uyquning oʻzi yurak kasalliklari rivojlanishi xavfini 37 foizga kamaytirarkan.
Koʻp doʻstlar
Jamiyatga koʻproq singib ketgan inson koʻp yashashini psixologlar uqtirishmoqda. Hammaga keraklilikni his qilish, doimiy muloqotda boʻlish, yaxshi kayfiyat — uzoq umr koʻrish garovi.
Faol turmush tarzi
Albatta, yosh oʻtishi bilan jismoniy faollik susayadi. Biroq kamharakatlik uchun yosh bahona boʻlmasligi kerak. Hech boʻlmaganda yengil mashqlar bajarish, toza havoda sayr qilish kerak. Toʻxtab qolmang.
Tashqi koʻrinishga eʼtibor
Inson bir umr oʻz qomatini yaxshi saqlay olmaydi, toʻgʻri. Lekin olimlarning aytishicha, belning aylanasi bevosita salomatlik bilan bogʻliq ekan. Ayollarda — 78 sm., erkaklarda — 92 sm.dan oshmasligi kerak.
Yetarlicha suv ichish
Insonning hayotida suvning oʻrnini hech narsa bilan tenglashtirib boʻlmaydi. Chunki organizmimiz 70 foiz suvdan iborat. Choy, qahva, gazli ichimliklar toza suvning oʻrnini hech qachon bosa olmaydi. Masalan, boshingiz ogʻriganda dori ichishga shoshmang. Muzdekkina toza suv hatto bosh ogʻrigʻini qoldirishi mumkin ekan.