2026-yilgi Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga janubiy afrikalik huquqshunos Navanethem “Navi” Pillay loyiq topildi. Bu hhaqda Nobel qoʻmitasi xabar berdi.

Mukofot Navi Pillayning xalqaro huquq va tinchlikni mustahkamlash yoʻlidagi faoliyati uchun taqdim etildi.
1941-yilda Janubiy Afrikaning Durban shahrida tugʻilgan huquqshunos oʻz faoliyati davomida inson huquqlarini himoya qilish, xalqaro jinoyatlarni tergov qilish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalari bilan shugʻullangan. U 2008–2014-yillarda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari lavozimida faoliyat yuritgan. U shuningdek, Ruanda boʻyicha Xalqaro jinoiy tribunaldagi faoliyati orqali genotsid va boshqa ogʻir jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga katta hissa qoʻshgan.
Huquqshunos faoliyatining asosiy gʻoyasi - tinchlik va adolat bir-biridan ajralmasligidir.