🗓 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni!
Mamlakatimizda oʻzaro hurmat, ahillik va hamjihatlik muhitida yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarini, ularning timsolida esa koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqini 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta doʻstlik jamiyati hamda xorijdagi 100 dan ortiq vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻun rivojlantirish, shuningdek, xalq diplomatiyasi hamda xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirish yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda.
Xalqlar doʻstligi kuni yurtimizdagi tinchlik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat muhitining yorqin ifodasidir. Ushbu qutlug‘ sana turli millat va elat vakillarining boy madaniy merosi, urf-odatlari va anʼanalarini eʼzozlash, doʻstlik va birdamlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram