“Baʼzi aloqa kompaniyalarida maxsus oʻyinlar bor. Unda shu oʻyinga ulangan odamning hisobidan mablag‘ yechib olib, har kuni har xil daqiqa, SMS va MB beriladi. Oʻyinda ishtirok etayotgan shaxs qanday yutuq olishini bilmaydi. Shu oʻyinda ishtirok etish mumkinmi”, degan savolga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati javob berdi.
«Fuqaholarimiz “Magʻlublarning molidan gʻolibga berilishi shart qilingan har qanday oʻyin — qimordir” deb aytganlar («Taʼrifotu Jurjoniy» kitobi). Shundan kelib chiqib, savolda soʻralgani kabi koʻpchilikdan mablag‘ yigʻib, maʼlum bir kishilar yutuq olib ketadigan oʻyinlar qimorga kiradi», deyiladi unda.