Aqchakoʻl boʻylab bayram shukuhi taralmoqda
Qoraqalpogʻistonda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Mustaqillik toʻyi” festivali doirasidagi madaniy tadbirlar bayramona ruhda davom etmoqda.
“Aqchakoʻl” turistik-rekreatsion zonasi amfiteatrida yangragan dilbar kuy-qoʻshiqlar, joʻshqin sahna chiqishlari va bayram taronalari tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Rang-barang gala-konsert sanʼatkorlar, xonandalar, madaniyat sohasi vakillari va yoshlarni bir maydonga jamlab, 1500 nafarga yaqin tomoshabinga unutilmas taassurotlar baxsh etdi. Kecha davomida yangragan har bir tarona qalblarga bayram shukuhi, Vatanga muhabbat va ezgu tuygʻularni olib kirdi.
Aqchakoʻl boʻyida yangragan musiqa sadolari bayramning fayzini yanada oshirib, koʻngillarga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram