“Atirgul” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasida “Atirgul” koʻrik-tanlovining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ijodkor ayol jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy mahorati va ijodiy izlanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovda 12 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
Taqdirlash marosimida tanlovda munosib ishtirok etgan jurnalistlarning ijodiy ishlari alohida eʼtirof etildi. Gʻoliblarga diplom, pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram