Ayni damda köhna va hamisha navqiron Buxoroda ham Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişi bölib ötmoqda.
“Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida taşkil etilgan mazkur anjuman bugungi murakkab va şiddat bilan özgarayotgan dunyoda milliy özlikni asraş, zamonaviy taraqqiyot bilan hamqadam böliş, Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaş hamda Yangi Özbekistonni bunyod etişda ziyolilarning örni va masʼuliyatini yanada yuksaltirişga qaratilgan.
Yiğiliş öz işini muhim yönalişdagi şöbalar doirasida davom ettirmoqda:
Milliy özlik va inson qadri. “Öz” falsafasining zamonaviy talqini, Yangi Özbekistonning ustuvor qadriyatlari, fuqarolik özligini şakllantiriş va inson qadrini uluğlaş masalalari diqqat markazida.
Vatanparvarlik va zamonaviy tafakkur. Jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlaş, millatlararo totuvlikni asraş, raqamli taraqqiyot va zamonaviy media makon imkoniyatlaridan samarali foydalanış masalalari muhokamada.
Tarbiya va jamiyat kelajagi. Milliy tarbiya, yoşlar kamoloti, oila va xotin-qizlarning jamiyatdagi örni, mahalla institutini rivojlantiriş hamda demografik salohiyatga oid taşabbuslar ilgari surilmoqda.
Til, adabiyot va maʼnaviy meros. Özbek tilining nufuzini yuksaltiriş, zamonaviy adabiyot, tarjima sanʼati, noşirlik va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan takliflar körib çiqilmoqda.