Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Eng ulug‘, eng aziz bayram — jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan barchamizga muborak boʻlsin!

Aslida mustaqillik — taqvimdagi bir sana emas.

Mustaqillik — bir kun nishonlanadigan bayram ham emas.

Mustaqillik — har kuni his qilib, har kuni asrab, har kuni yaratib yashaydigan buyuk qadriyat!

Bugun xalqimizning ongi oʻzgarmoqda. Ertangi kunga ishonchi kuchaymoqda. Dunyoqarashi kengaymoqda. Bugungi oʻzbek xalqi — kechagi oʻzbek xalqi emas! Bugun biz oʻz tarixidan faxrlanadigan, bugungi kunini qadrlaydigan, ertangi kuniga ishonch bilan qaraydigan, farzandining taʼlimi va kelajagiga sarmoya kiritayotgan xalqmiz!

Bugun har bir oiladagi ezgu niyat, har bir yoshning orzusi, har bir tadbirkorning tashabbusi, har bir mehnatkashning halol mehnati — yurtimiz taraqqiyotiga qoʻshilayotgan ulkan hissadir.

Islohotlarning eng katta natijasi esa binolar yoki raqamlarda emas. Eng katta natija — insonning oʻz kuchiga ishona boshlaganida!

Azizlar, farzandlarimizga mustaqillikning mazmun-mohiyatini tushuntiraylik. Ularga Vatan ozodligi, yurt tinchligi — tayyor berilgan neʼmat emas, balki ajdodlar orzusi va avlodlar masʼuliyati ekanini anglataylik.

Zero, Mustaqillikka munosib yashash — yurtimiz kelajagini oʻz qoʻlimiz bilan qurish demakdir.

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, farzandlarimiz baxtli va kelajagimiz buyuk boʻlsin!

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram