Aziz yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!
Joriy yilning 19-sentabr kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, ekologiya va velosport musobaqasi hamda “Green Games” respublika plogging musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Musobaqalar 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun doirasida tashkil etiladi.
Dastur doirasida:
Erkaklar oʻrtasida “Salomatlik sari yoʻl” velomarafoni, shuningdek, oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida turli masofalarga xalqaro yugurish marafoni oʻtkaziladi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari elektro skuterlar, elektrosamokatlar hamda velosipedlar bilan taqdirlanadi.
Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSesGzEfGXPC2UCkaiDfm82iM8kMCuRLE8dS2izP5aKWUo_OEg/viewform
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram