Taniqli milliarder hamda Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts sunʼiy intellektni “insoniyat tomonidan shu paytgacha qilingan ixtirolar orasida eng xavflisi” deb hisoblaydi.
U CNN telekanaliga bergan intervyusida sunʼiy intellekt avtomobillar, samolyotlar yoki giyohvandlik vositalaridan koʻra kattaroq tahdid solayotganini taʼkidlab, AQSh hukumatini ushbu soha ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.
Milliarderning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt ustidan jamiyat nazoratidagi yagona mexanizm uni ishlab chiqayotgan kompaniyalarning oʻzi boʻlib qolmasligi kerak.
Avvalroq Geyts NBC telekanaliga bergan intervyusida sunʼiy intellektning rivojlanishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
“Sunʼiy intellekt, shubhasiz, milliardlab insonlarning halokatiga sabab boʻluvchi voqealarni keltirib chiqarish uchun yetarlicha kuchga ega”, – dedi Bill Geyts.
Geytsning fikricha, sunʼiy intellekt kelasi yildayoq hakerlik hujumlarining keskin koʻpayishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois Bill Geyts AQSh prezidenti va uning maʼmuriyati bilan sunʼiy intellekt xavfsizligini muhokama qilishni moʻljallayapti.