Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!
Sogʻliqni saqlash vazirligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan gʻoyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan oʻquv-seminari oʻtkazildi.
Tadbir davomida uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzolarining maʼruzalari tinglandi.
Maʼruzalarda davlatimiz rahbari nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, jamiyat hayotidagi tub oʻzgarishlar, yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻliqni saqlash sohasi hamda ilm-fan va maʼrifatni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram