Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.
Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan:
tadbirkorlik uchun barqaror oʻsish trayektoriyasini taʼminlash,
hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,
“sunʼiy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,
eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,
biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish yoʻnalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram