“Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida Oʻzbekiston nomidan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oliy minbardan nutq soʻzladi. U oʻz nutqida bugungi globallashuv va murakkab davrda insoniyat duch kelayotgan dolzarb muammolar, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik hamda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning inson qadriga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolgʻiz hal qila olmasligini, tahdidlar chegaralarda toʻxtab qolmasligini aytgan Saida Mirziyoyeva BMTning oʻrni har qachongidan muhimligini taʼkidladi.