Bo‘zatov tumani Yoshlar markazi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 25 nomdagi 300 dona kitoblar to‘plamlari umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga topshirildi.
Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad - yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Tadbirda ta’kidlanganidek, yoshlarni bolalikdan kitob o‘qishga qiziqtirish, ularda mutolaa ko‘nikmasini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram