Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida oʻrganish yuzasidan videoselektor yigʻilishini ham oʻtkazadi.