Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Eronning ayrim xorijiy davlatlardagi elçixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvçi materiallarni eʼlon qilgani yuzasidan Eron tomoniga norozilik bildirdi.

Qayd etilişiça, 23-oktyabr kuni Eronning Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy vazirlikka çaqirtirilib, unga Özbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovçi norozilik notasi topşirilgan.

Uçraşuvda Samarqand, Buxoro, Xiva va mamlakatning boşqa tarixiy şaharlari merosi Özbekistonning köp asrlik tarixiy-madaniy taraqqiyotining ajralmas qismi ekani taʼkidlangan. Samarqandning tarixiy qiyofasi özbek xalqining tarixi, davlatçilik anʼanalari va madaniy taraqqiyotini aks ettirişi qayd etilgan.

Özbekiston tomoni Eron diplomatik vakolatxonalarining ijtimoiy tarmoqlardagi tegişli postlarini olib taşlaş va kelgusida bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik çoralarini körişni talab qilgan.

TIV şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadigan materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga muvofiq bölişi, tarixiy-madaniy masalalarni siyosiylaştirmasligi lozimligini bildirgan.

Vazirlik Özbekiston Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlaşini, şu bilan birga, mamlakat tarixiy-madaniy merosining biryoqlama talqin qilinişiga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qolişini qayd etgan.

Voqealar tafsiloti va unga munosabatlar haqida Oyina.uzʼning uşbu maqolasida tanişing.