Oʻzgidromet 16-oktyabrgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asosan +18– +21, shimolda va janubda +23– +26 darajada boʻladi.

Ertaga, 13-oktyabr kuni yomgʻir yogʻishi Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi.

14–16-oktyabrda respublikaning boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi.

Kunduzgi harorat +22– +25 daraja, janubda +27– +30 daraja boʻladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 12-13-oktyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi.

12-oktyabr kunlari togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat +19– +21 darajada boʻladi.

+13– +16-oktyabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12– +15 daraja, kunduz kunlari +22– +25 daraja boʻladi.

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.