National Geographic jurnalining italiyalik fotografi Garbriele Galimbertiv Toy Stories loyihasi doirasida dunyo bolalarini oʻz oʻyinchoqlari bilan suratga oldi. Loyiha bugunga qadar nafaqat onlayn mediada eʼlon qilingan, balki kitob shaklida chop etilib, sotuvga qoʻyilgan, shu bilan birga, dunyoning mashhur muzeylarida koʻrgazma sifatida ham namoyish etilgan.

Milan, Italiya. Jakomo 5 yosh

Gʻoyaning paydo boʻlishi

Baʼzi manbalarda keltirilishicha, ushbu loyiha gʻoyasi kutilmaganda paydo boʻlgan: Bir kuni Galimbertivning doʻsti undan qiz farzandini suratga olib qoʻyishini soʻragan. U esa qizaloqni aynan oʻynab oʻtirgan oʻyinchoqlari va hayvonlar orasida olishga qaror qilgan. Ushbu suratdan koʻngli toʻlgan fotograf unga bir necha oy oʻtib, dunyo boʻylab sayohatini boshlaganida yana qaytadi va har bir borgan mamlakatida bittadan shunday surat olishga qaror qiladi.

Botsvana, Janubiy Afrika. Botle 4 yosh

“Oʻyinchoq hikoyalari (Toy Stories) – bu turli madaniyat vakili boʻlgan bolalar va ularning oʻyinchoqlari orqali dunyo boʻylab qiziqarli sayohat. Garbriele Galimbertiv bolalikning global xilma-xilligi va universalligiga koʻzgu tutadi. Ushbu kitob bolalarga dunyoning xilma-xilligini tushuntirishga va tushunishga yordam beradi”, deb yoziladi uning shu nomli kitobida.

Kiyev, Ukraina. Pavel 4 yosh

50 dan ortiq mamlakat bolalarini eng sevimli oʻyinchoqlari bilan kadrga muhrlash orqali u davlatlar oʻrtasidagi farovonlik va kambagʻallik kontrastini, shuningdek, muhit taʼsirini ham yaqqol namoyon etdi.

Tirana, Albaniya. Yuliya 3 yosh

Fotograf ushbu loyihasida asosan 3-6 yosh oraligʻidagi qahramonlardan foydalangan. Natijada nisbatan farovonlikda yashaydigan mamlakat farzandlarining oʻyinchoqlari zamonaviy va turlicha ekani, kambagʻal mamlakatlar boʻlsa sanoqli, baʼzan, hatto qoʻlbola oʻyinchoqlar bilan ovunishini suratlarda ifodalagan.

Port-o-Prens, Gaiti. Betsaida 6 yosh

Galimbertiv loyihani suratga olish jarayonidagi kuzatuvlariga koʻra, kamroq oʻyinchoqlari boʻlgan bolalar oʻzida borini boʻlishishga va suhbatlashishga ochiqroq boʻlgan.

Mumbay, Hindiston. Shaira 5 yosh

Galimbertiv Toy Stories loyihasi ostida bolalarning oʻz “xazinasi” bilan qanday gʻururlanishini koʻrsatdi va bu suratlar chuqur ijtimoiy tadqiqotni yaratdi.

Bayrut, Livan. Taha 4 yosh