Hurmatli Prezidentimiz!
Tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Millat maʼrifati, xalq maʼnaviyatini yuksaltirish masʼuliyatini oʻziga olish - saodatli ish, jasoratli qadam.
Davlatimiz rahbari bu yoʻlda tom maʼnoda millat yetakchisi. Mamlakatda ilk bor Prezidentimiz Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi boʻldi. Bu milliylik, qadriyatlarni qadrlashni yangi bosqichga koʻtarish, asrash, kelgusi avlodga yetkazishda muhim qaror boʻldi.
Qaysidir manzillarda yillar davomida oʻz vatanida begonadek yashab, yangi davr tufayli uning bir boʻlagiga, fuqarosiga aylangan insonlarning quvonch koʻz yoshini koʻramiz. Qay bir hududda yaxshi qoʻshnichilik siyosati sabab yon qoʻshni mamlakatda yashaydigan jigarlari bilan diydor koʻrishayotganlarning xursandchiligi bor.
Eng koʻp eshitganimiz, ota-onalarning soʻzlari. Hammasi farzandlari bilan bogʻliq. Kimdir bogʻcha qamrovi oshganini aytsa, kimdir farzandining talaba boʻlish imkoniyati kengayganidan xursand.
Oʻzbek desa – paxta, paxta desa – oʻzbek tushuniladigan qora kunlarni koʻrdik. Afsuski, bundan tezda xalos ham boʻlmadik. Eng yomoni taʼlim paxta dalasida qurbon qilindi.
Ziyolilarning esa oʻtmish xatosini toʻgʻirlashdek dilida armon, tilida afsus koʻp edi. Janob Prezident jasorati bilan tarixiy adolat tiklandi. Juda koʻp qatagʻon qurbonlari oqlanmoqda.
“Oʻzbek”, “Oʻzbekistonlik”, “Oʻzbeklar” degan nom dunyoda baland ovozlarda va hayrat bilan yangray boshladi. Huddi tarix qaʼridan yana oʻsha jasorat, mardlik, gʻurur qaytgandek boʻldi!
Bu kabi erta emas, bugun xalq farovon yashashiga zamin boʻlayotgan oʻzgarishlar koʻp. Eng muhimi, bu oʻzgarishlar toʻxtamasligi, ortga qaytmasligiga esa mamlakat yetakchisining siyosiy irodasi tufayli ishonch baland, koʻngil toʻq.
Hurmatli Prezidentimizga bu yoʻlda mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, kuch-gʻayrat tilab qolamiz.
Biz esa ular bilan birga, yelkama yelka shu Vatan taraqqiyoti, xalq baxti, farzandlar kamoli yoʻlida xizmat qilishdan doim shodmiz.
Zero, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun barchamiz birlashsak, yuksak marralarga yetamiz!
“Oʻzbek kelayotir, yoʻl boʻshat jahon!”
Qoʻshiqni sifatli va toʻliq formatda bu yerda koʻrishingiz mumkin.
https://youtu.be/Omsapx-IOrk
@otabek_khasanov