El-yurtimiz barcha shaxmatchilarimiz timsolida kuchli bilim va iroda sohiblarini, katta-katta marralarni zabt etishga qodir boʻlgan Yangi Oʻzbekiston yoshlarini koʻradi.

Hech shubhasiz, bu yuksak gʻalaba barchamizga yangi kuch-gʻayrat, ruh va ilhom bagʻishlaydi, yosh avlodimiz uchun chinakam ibrat namunasi boʻlib xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev