Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 86-ishtirokchisi, xalqaro grossmeyster, FIDE Nomzodlar turniri gʻolibi Javohir Sindarov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Xudoyberdi Toʻxtaboyev, “Sariq devni minib”
2. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”
3. Muhammad Ali, “Ulug‘ saltanat”
4. Jeyms Klir, “Atom odatlar”
5. Uolter Tevis, “Qirolichaning yurishi”
6. Komil Sindarov, “Qimmatga tushgan xato”
7. Erkin Vohidov asarlari
8. Pirimqul Qodirov, “Yulduzli tunlar”
9. Komil Sindarov, “Temuriylar kutubxonasi siri”
10. Oʻtkir Xoshimov, “Ikki eshik orasi”
Javohir Sindarov 2005-yilning 8-dekabrida Toshkent shahrida tugʻilgan.
Yutuqlari:
Osiyo chempioni
Maktab oʻquvchilari oʻrtasida 3 karra Jahon chempioni
Jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri (2018-yil)
U16 Jahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi (2018-yil)
Oʻzbekiston chempionati Oliy liga 1-oʻrin (2019-yil)
Oʻzbekiston chempionati Oliy liga 1-oʻrin (2021-yil)
Jahon shaxmat olimpiadasi oltin medal sovrindori (2022-yil)
Shaxmat boʻyicha Jahon kubogi sohibi (2025-yil)
FIDE Nomzodlar turniri gʻolibi (2026-yil)
Mukofotlari:
“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni (2022-yil)
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni (2025-yil)
“Mehnat shuhrati” ordeni (2026-yil)