Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 87-ishtirokchisi, “Maʼrifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri, jurnalist Husan Nishonov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qurʼoni karim
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari
3. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”
4. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”
5. Alixontoʻra Sogʻuniy, “Turkiston qaygʻusi”
6. Shukur Xolmirzayev hikoyalari
7. Murod Muhammad Doʻst, “Mustafo”
8. Ahmad Aʼzam, Nazar Eshonqul hikoyalari
9. Fyodor Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo”
10. Harper Li, “Mazaxchini oʻldirish”
Husan Nishonov 1974-yil 1-fevralda Samarqand viloyati Qizilkarvon qishlogʻida tugʻilgan. 1991 – 1996-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini hali talabalik paytidayoq, 1995-yili “Koʻzgu” gazetasida musahhihlikdan boshlagan. 1997-1998-yillari Qizilkarvon qishlogʻidagi 15-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, 1999 – 2005-yillari “Maʼrifat” gazetasida turli lavozimlarda ishlagan.
2005 – 2009-yillari Xalq taʼlimi vazirligi “Tarbiya” jurnali bosh muharrir oʻrinbosari. 2009-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. 2009 – 2017-yillari “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari, 2017-yili “Maʼrifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2017-yil 11-oktyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Maʼrifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri.
Jurnalistik faoliyati davomida qator yutuqlarga erishgan:
“Navroʻz – boqiy bayram” respublika tanlovi (2002), “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi (2012) gʻolibi, “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” xalqaro tanlovida 2-oʻrin (2020), “Oltin qalam” xalqaro tanlovida “Maʼrifat” jamoasi bilan 1-oʻrin sohibi (2021). “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovida 1-oʻrin (2022).
“Yorug‘ xayol” (Hasan Karvonli bilan hammualliflikda, 2004), “Ilgʻab borayotir meni fasllar” (2010), “Oʻgʻlimga maktublar” (2012), “Oʻzbek shaxmatining oltin avlodi” (2022) nomli kitoblari nashr etilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.
Mukofotlari:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni (2004)
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni (2006)
“Shuhrat” medali (2014)
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni (2016)
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni (2021)