Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 2026-yil avgust oyi yakunlari boʻyicha banklar va toʻlov tashkilotlarining mobil ilovalari bilan bogʻliq kiberoʻgʻriliklar statistikasini eʼlon qildi.
Departament maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida respublika boʻyicha 4 866 ta kiberoʻgʻrilik jinoyati qayd etilgan. Shundan 1 717 tasi toʻlov tashkilotlari hamda banklarning mobil ilovalaridan foydalanish jarayoni bilan bogʻliq holda sodir etilgan.
Jabrlanuvchilar soni boʻyicha Xazna ilovasi 438 ta holat bilan birinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlarda Click SuperApp — 319 ta, Agrobank Mobile — 189 ta va Payme — 177 ta holat bilan qayd etilgan.
Departament ushbu statistikani ochiqlashdan asosiy maqsad banklar, toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimi operatorlarini oʻz tizimlarida kiberxavfsizlik choralarini yanada takomillashtirish, kiberjinoyatlardan fuqarolarni himoya qilish hamda pul mablagʻlarining ishonchli xavfsizligini taʼminlashga undashdan iborat ekanini maʼlum qildi.
Quyida avgust oyi boʻyicha kiberoʻgʻrilikdan jabrlanganlar soni:
