2026-yilgi Nobel mukofotiga yaponiyalik Kenso Soai va fransiyalik Anri Kagan asimmetrik organik sintezda chiziqli boʻlmagan effektlar va avtokataliz sohasidagi tadqiqotlari uchun sazovor boʻldi. Bu haqda Karolinska institutidagi Nobel qoʻmitasi maʼlum qildi.

Unga koʻra, olimlarning ishlari organik kimyoda reaksiyalarni yuqori aniqlik va tanlovchanlik bilan boshqarish imkoniyatlarini kengaytirgan.

Maʼlumot uchun, 2026-yil Nobel mukofoti taʼsis etilganiga 125 yil toʻldi. Mukofotning bu yilgi pul miqdori 12 mln shved kronasi (qariyb 1,2 million dollar)ni takil etadi.

Avvalroq Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot hamda fizika yoʻnalishlari boʻyicha sovrindorlari haqida xabar berilgan, oʻzbekistonlik yozuvchi Hamid Isroilov mukofotning ehtimoliy nomzodlari roʻyxatidan joy olgani haqida maʼlum qilingan edi.