“Kitob diplomatiyasi” – Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlikning yangi muloqot maydoni

– Prezidentimiz tashabbusi bilan chop etilgan ushbu kitob-albom mamlakatimizda turizm, iqtisodiyot, madaniyat va taʼlim kabi qator muhim sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng koʻlamini koʻrsatib beradi. Bugun yangi bir tushuncha paydo boʻlgan: kitob diplomatiyasi. Biror davlatga borib, turli tashkilotlar vakillari bilan uchrashsak, ularga kitob sovgʻa qilamiz. Zero, kitob doʻstlikning boshlanish belgisi. “Mustaqillik zafarnomasi”ni Yaponiya Parlamentida ham qoldiryapmiz. Vaqt oʻtishi, vakillar almashishi mumkin, asar esa ishonchli manba sifatida saqlanib qoladi. Kitob insonlarni birlashtiradi. Ishonamanki, bu asar ham Oʻzbekiston va Yaponiya xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.- dedi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram