"Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga start berildi
Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Loyihaning dastlabki ikki bosqichida poytaxtdagi kitob fondi kam boʻlgan 30 ta umumtaʼlim maktabining har biriga 1 000 donadan kitob topshirilgan.
3-bosqich doirasida esa yana 20 ta maktabga 1 000 donadan, jami 20 mingta kitob yetkazildi.
Yangi kitoblar ushbu maktablarda taʼlim olayotgan 38 692 nafar oʻquvchining mutolaa imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram