Mamlakatimiz mustagilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalą bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Mustaqillik to‘yi" festivali Namangan viloyatida boshlandi.

Festival doirasida viloyat bo‘ylab "Shukronalik" ma’rifiy uchrashuvi, "Mahalla - ma’naviy makon" mavzusida seminar-trening, "Kutubxonalarga tashrif", "Ziyorat odobi", "Ma’rifat tur", "Obod xonadon, obod mahalla", "Kinokarvon", "Men kitobni sevaman", "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari", "Shijoat" loyihalari hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostidagi gala-konsert dasturi tashkil etiladi.