Maʼnaviy-maʼrifiy işlar: samaradorlik, ilğor tajriba va yangi vazifalar
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va şahar” tanlovlari doirasida davlat organlari va taşkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini baholaş böyiça örganişlar olib borilmoqda.
Xususan, işçi guruhlar tomonidan Milliy gvardiya, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Soğliqni saqlaş, Madaniyat, Içki işlar, Transport, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirliklari, Ğaznaçilik qömitasi, şuningdek, “Uztransgaz”, “UzGasTrade” va “Uzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyatlarida amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar tahlil qilindi.
Örganişlar davomida xodimlarning maʼnaviy dunyoqaraşini yuksaltiriş, jamoalarda soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va kasbiy masʼuliyat tuyğularini mustahkamlaş borasidagi işlarga alohida eʼtibor qaratildi.