“MAʼRIFAT KARVONI” YOʻLGA CHIQISHGA TAYYORMI?
Hududlarga yoʻl oladigan “Maʼrifat karvoni” vakillari, olimlar va targʻibotchilarning tayyorgarligi qay darajada? Bugungi trening qanchalik samara berdi?
Aholi bilan uchrashuvlarda murakkab va keng qamrovli gʻoyalarni qanday sodda, tushunarli va taʼsirchan tilda yetkazish mumkin?
Tinglovchi diqqatini jalb etish, ochiq muloqotga kirishish, hayotiy misollar orqali fikrni yetkazishda qaysi zamonaviy usullar samarali?
Seminarning ikkinchi qismi aynan shu savollarga javob izlashga qaratildi.
Bu gal nazariyadan koʻra amaliyotga eʼtibor kuchaydi. Targʻibotchilar turli vaziyatlarni modellashtirish, auditoriya bilan muloqot qilish, savollarga javob berish va oʻz fikrini taʼsirchan ifodalash orqali sinovdan oʻtkazildi.
Zero, yaxshi targʻibotchi faqat mavzuni yaxshi bilishi emas, uni tinglovchiga yetkaza olishi bilan ham ahamiyatli.
Endilikda navbat — hududlarga.
“Maʼrifat karvoni” vakillari oldida esa bitta muhim vazifa bor: bilimni muloqotga, muloqotni esa maʼrifat va harakatga aylantirish.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram