Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda jamiyatda maromiylik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Maromiylik” loyihasini amalga oshirmoqda. Shu vaqtga qadar loyiha doirasida qilingan ishlar hamda ikkinchi bosqichda oldinga qoʻyilgan reja va vazifalar haqida Markazning Axborot xizmati rahbari Bahora Ahmedova maʼlumot berdi.  

1-bosqichda amalga oshirilgan ishlar:

 42 banddan iborat 90 kunlik dastur ishlab chiqildi;
 Respublika boʻylab 14 hududda 1 156 ta targʻibot tadbiri oʻtkazildi;
 2 514 nafar targʻibotchi uchun oʻquv seminarlari tashkil etildi;
 Ixcham toʻylar boʻyicha namunaviy tavsiyalar ishlab chiqildi;
 Mahallalarda doimiy targʻibot mexanizmi yoʻlga qoʻyildi;
 Toʻy marosimlarini tartibga solish uchun maxsus “Daftar” joriy etildi;
 24/7 rejimida ishlayotgan telegram-bot orqali jamoatchilik fikrini oʻrganish tizimi yaratildi; 
 1 000 dan ortiq maʼrifiy suhbatlar oʻtkazildi;
 8 695 ta mahallada ishchi guruhlar shakllantirilib, 500 mingdan ortiq aholi qamrab olindi;
 OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng qamrovli axborot targʻiboti olib borildi. 

2-bosqich uchun rejalar:

 “Maromiylik” ning yagona ilmiy-metodik asosini yaratish;
 Chilonzor tumanida hududiy tajriba-sinov modelini joriy etish;
 Yoshlar oʻrtasida soʻrovnomalar, treninglar va ijodiy loyihalarni kuchaytirish;
 Raqamli va media formatlarda targʻibotni kengaytirish.

   “Maromiylik” tashabbusi — bu shunchaki tejamkorlik shiori emas, balki milliy qadriyatlarimizga tayangan, meʼyoriy va masʼuliyatli hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim ijtimoiy harakatdir. 

 Siz ham ushbu tashabbusga qoʻshiling!