#matbuotda_biz
Prezidentimizning “Tabiatga munosabat xalqning madaniyati, davlatning masʼuliyati va taraqqiyotning sifat koʻrsatkichidir” degan fikri toʻrtinchi yoʻnalishning falsafiy mazmunini yaxlit ifodalaydi. Xalq madaniyati — tejamkorlik, ozodalik va umumiy boylikka ehtiyotkor munosabat, davlat masʼuliyati — foydalanish qoidalari, zarur infratuzilma va ularning barqaror ishlashini taʼminlash. Bu uch tushuncha bir-birini toʻldiradi: xalq madaniyati boʻlmasa, davlat saʼy-harakatining yakka oʻzi natija bermaydi, davlat masʼuliyati boʻlmasa, xalq madaniyati tizimli qoʻllab-quvvatlovsiz qoladi.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 28-sentabr kungi sonida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti ilmiy kotibi Ilhom SUVONOVning “MILLIY YUKSALISH VA TABIAT OLDIDAGI BURCH” nomli maqolasi chop etildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram