Men tanigan Oʻzbekiston - Yangi Oʻzbekiston xorijlik olim nigohida!
🇺🇿🇹🇷 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning «Men tanigan Oʻzbekiston» kitobi nashr etildi.
Ushbu asar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, «Maʼrifat» targʻibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Maʼrifat elchilari» loyihasi doirasida oʻzbek va turk tillarida tayyorlandi.
Bu kitob — shunchaki sayohat taassurotlari emas. Unda muallifning 1991 yildan buyon Oʻzbekiston boʻylab qilgan safarlari, ilmiy ekspeditsiyalari, arxiv tadqiqotlari va yurtimiz odamlari bilan muloqotlari asosida shakllangan xolis kuzatuvlari jamlangan.
Asarda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, madaniy meros, xalqimizning qadriyatlari va yurtimizning xalqaro maydondagi oʻrni xorijlik olim nigohida tahlil qilinadi.
Kitob taqdimotida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, akademiklar, ziyolilar, yozuvchi va tarjimonlar, diplomatik korpus, OAV vakillari, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
«Men tanigan Oʻzbekiston» — mamlakatimiz haqidagi haqqoniy ilmiy kuzatuvlar va samimiy taassurotlarni oʻzida mujassam etgan, Oʻzbekistonni dunyoga yaqindan tanituvchi muhim nashrlardan biri.
BATAFSIL
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram