Dunyodagi har bir xalqning jahonda borligi, keskin raqobat sharoitida rivojlanishga qodirligini taʼminlaydigan, el-yurtni birlashtirib, buyuk maqsadlar sari safarbar etadigan bir buyuk kuch borki bu ham boʻlsa yuksak maʼnaviyat va ona yurtga fidoyilikdir.
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida boʻlib oʻtgan tadbir davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamaotchilik kengashi aʼzolari ishtirokida vatanimiz tinchligi yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan qahramon yigitlarimiz yod etildi. Ularning soʻnmas jasorati, metin irodasi yosh harbiy xizmatchilarga oʻrnak qilib koʻrsatildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun "Liderlar" kitobini taqdimoti oʻtkazildi. Unda lider kim degan savolga misol qilib olingan ulug' bobolarimiz ortidan ergashish, kerak boʻlsa ulardanda bilimliroq boʻlmogʻimiz, kerakligini yoshlarga taʼkidlab oʻtildi va muallifning oʻz imzosi bilan kecha mehmonlari hamda kursantlarga kitoblar ulashildi.
Yakunda harbiy xizmatchilar tomonidan sahnalashtirilgan “Jadidlar" nomli teatr sahnasi namoyish etildi.