“Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” loyihasi doirasidagi navbatdagi seminar-trening Kadastr agentligi xodimlari uchun tashkil qilindi.
Seminar davomida davlat xizmatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni, halollik, adolat, mas’uliyat, insonparvarlik, shuningdek, fuqarolar bilan ochiq, samimiy va hurmatga asoslangan muloqotning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Interaktiv muloqot va amaliy mashg‘ulotlar orqali davlat xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi bilan bir qatorda, uning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, muomala madaniyati va fuqarolarga bo‘lgan munosabati ham samarali davlat xizmatining muhim mezonlaridan ekani ta’kidlandi.
Milliy qadriyatlarga tayangan, halol, mas’uliyatli va insonparvar davlat xizmati — xalq roziligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram