🇺🇿 «Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati» loyihasi yakunlandi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzenergoinspeksiya xodimlari uchun navbatdagi seminar-treninglar oʻtkazildi.

Treninglarda davlat xizmatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, halollik, adolat, masʼuliyat va insonparvarlik tamoyillari, shuningdek, fuqarolar bilan ochiq va hurmatga asoslangan muloqot masalalari muhokama qilindi.

Interaktiv va amaliy mashgʻulotlar orqali davlat xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi bilan bir qatorda, uning maʼnaviy-axloqiy fazilatlari va muomala madaniyati samarali davlat xizmatining muhim mezonlari ekani taʼkidlandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram