“Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati”
Joriy yilning 15–17-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” loyihasi doirasida seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.
Davlat xizmatining chinakam samaradorligi uning oʻz xalqi tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan qanchalik uygʻunligiga bogʻliq. Shu maʼnoda, milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish xalq bilan davlat oʻrtasidagi ishonch koʻprigini mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi.
Ana shu maqsadda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan loyiha doirasida qator vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilari uchun maxsus dastur asosida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram